Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldo 2018 yilgi JCh saralashi uchun tashlanadigan qur'a tashlash marosimida yordamchi sifatida qatnashadi
Braziliyalik sobiq futbolchi, ikki karra jahon chempioni Ronaldo 2018 yilgi JCh saralashi uchun tashlanadigan qur'a tashlash marosimida yordamchi sifatida qatnashadi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Qur'a tashlash marosimi 2015 yilning 25 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadi. Qur'a marosimi Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
Tadbirda modeler Natalya Vodyanova va teleboshlovchi Dmitriy Shepelov boshlovchi sifatida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, JCh final bosqichi 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahridagi 12ta stadionda bo‘lib o‘tadi.