Jamiyat | 17:41 / 10.07.2015
2347
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qozog‘istonlik bolani o‘g‘irlab ketgan tovlamachi qo‘lga olindi

Rossiya sudi o‘g‘lini qaytarish uchun onasidan 7,5 million yevro pulini undirmoqchi bo‘lgan Qozog‘iston fuqarosini hibsga olishga ruxsat berdi. Bu haqda Lipetsk viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tashkilot xabarida yozilishicha, bir guruh jinoyatchilar 2011 yilda Qozog‘iston fuqarosini o‘g‘irlab ketishgan va uni qaytarish uchun onasidan 7,5 million yevro talab qilishgan.

Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mazkur ish borasida olib borgan tezkor tadbirlari natijasida garovdagi bola ozod qilingan va uni ushlab turgan jinoyatchilar qo‘lga olingandi. Biroq jinoyatni tashkil qilgan qozog‘istonlik ayol yashirinishga va hattoki to‘rt yil davomida Rossiya hududida noqonuniy yashab kelgan.

2015 yilning 30 iyun kuni shubhali shaxs qo‘lga olingan. Lipetsk shahar sudi hozirda fuqaroni Qozog‘istonga deportatsiya qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish