Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:50 / 10.07.2015
7154
1 daqiqa o‘qiladi
Sibirda 51,5 ming gektar maydonda yong‘in davom etmoqda
Sibir federal okrugida 93 ming gektardan iborat o‘rmonlarning 51,5 ming gektarlik hududini yong‘in qamragan. Bu haqda okrug o‘rmonchilik xo‘jaligi saytida xabar qilingan.
9 iyul kuni hududdagi 1,4 ming gektar maydondagi 23ta yong‘in o‘chog‘i bartaraf etilgan.
O‘t o‘chirish ishlariga 1600 kishi, 228 dona o‘t o‘chirish mashinasi hamda 18ta vertolyot jalb qilingan.
Xakasiya, Buryatiya, Baykal orti o‘lkasi, Krasnoyarsk o‘lkasi hamda Irkutsk viloyatida favqulodda holat joriy etilgan.