18:39 / 10.07.2015
2384

Toshkentda Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

7 iyul kuni Toshkentda Osiyo taraqqiyot banki Markaziy va G‘arbiy Osiyoda aholi bandligini ta'minlash uchun ta'lim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchilar missiyasining mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vaziri bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida bank maslahatchisi Kristina Martinez missiyaning O‘zbekistonda o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari haqida gapirib berdi. Aytilishicha, ular mamlakatda professional ta'limni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishning texnik ta'minoti borasida ishlar amalga oshirish ko‘zlangan.
O‘z navbatida, mehnat vaziri missiya a'zolarini vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Xususan, kasb-hunar kollejlari va oliygohlar bitiruvchlarni ish bilan ta'minlash mexanizmlari yoritib berildi.
Shuningdek, missiya ishtirokchilari mehnat bozorini tartibga solish borasidagi qonunchilik bazasi bilan tanishtirib chiqildi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, missiya vakillari vazirlikning bu sohalardagi faoliyatini qoniqarli baholagan va missiya mandati O‘zbekistonga bu borada texnik yordam tashkil qilish bo‘yicha konkret taklif bildirish imkonini berishini aytib o‘tgan.

Top