18:30 / 10.07.2015
2248

Vitaliy Denisov farzandli bo‘ldi

10 iyul kuni O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov oilasida qiz farzand tug‘ildi.

O‘z navbatida "Olmaliq" jamoasi murabbiylaridan biri Gennadiy Denisov bobo bo‘ldi.

Vitaliy va uning rafiqasi Anastasiya o‘z farzandlariga Nikol ismini qo‘yishgan.

"O‘z hissiyotlarimni so‘z bilan ifodalay olmayapman!!! Anastasiya, senga rahmat! Men seni qattiq sevaman", deb o‘z instagramida yozadi 28 yoshli futbolchi.

Top