15:57 / 10.07.2015
3109

Xitoy ShHT davlatlari bilan qo‘shma korxonalar tashkil etishni taklif qildi

Xitoy mahsulotlarni jahon bozorida sotish uchun ShHT mamlakatlari o‘rtasida qo‘shma korxonalar tashkil etish taklifini bildirdi. Xitoy rahbari Si Tszinpin Ufa shahrida o‘tkazilayotgan sammit vaqtida shunday taklif bilan chiqqan.

"Mahsulot ishlab chiqarishda biz Qozog‘iston va mintaqadagi boshqa davlatlar bilan muvaffaqiyatli ravishda hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Endi bu aloqalarni rivojlantirib, ishlab chiqargan mahsulotlarimizni xalqaro bozorda sotish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘yishimiz kerak", dedi xitoyliklar yetakchisi ShHT kengashining kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan yig‘ilishi vaqtida.

U Xitoy tomoni ishlab chiqarish ishlaridagi hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanini ma'lum qilgan.

Top