18:20 / 11.07.2015
1887

“Chelsi” Pedro uchun “Barselona”ga 20 million yevro taklif qilmoqchi

“Barselona” klubi hujumchisi Pedro faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin. Bu haqida Sport.es nashri xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, londonliklar bu hujumchi uchun 20 mln yevro taklif qilishmoqchi.

Futbolchi kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani uchun kataloniyaliklar safini tark etish niyatini bildirgandi. Jamoaga Arda Turon kelib qo‘shilishi esa, uning keyingi mavsumda asosiy tarkibga kirish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuborgan.

Unga shuningdek, “Arsenal” va “Liverpul” klublari qiziqish bildirishayotgandi.

Top