19:41 / 11.07.2015
4605

Aqto‘belik shaxs WhatsApp orqali "jihodchilik"ni targ‘ib qildi

Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida yashovchi 35 yoshli shaxs Whatsapp orqali jangarilar tasvirlangan videolavhani tarqatgan va odamlarni "jihod" qilishga da'vat etgan. Bu haqda Diapazon nashrida yozilgan.

Tergov materiallaridan ma'lum bo‘lishicha, Baxtiyor Yusupov diniy tashkilotlarning doimiy ixlosmandi bo‘lgan. U ijtimoiy tarmoqda "Sadaqa - do‘zaxdan qalqondir" nomli guruh tashkil etgan va o‘z guruhiga 20 kishini jalb qilgan. Yusupov bu guruhda doimiy ravishda jangarilar tomonidan tarqatilgan turli videokliplarni joylashtirib borgan. Kliplardan birida, qozoq tilida "Jihod tomon olg‘a!" deyiladi. Boshqa kliplarda esa asosan mujdohidalarning har kungi hayot tarzi va harbiy mashg‘ulotlari tasvirlangan.

Ayni damda Yusupov huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olingan.

Ma'lumot uchun, 2014 yilning yanvarida ham Aktauda Whatsapp orqali diniy ekstremizmni targ‘ib qilgan ayol qo‘lga olingan va 4 yilga qamalgandi. Ushbu ayblanuvchi 2014 yilning 10 iyun sanasidan 9 avgustigacha bo‘lgan muddat davomida o‘z tanishlariga terrorizmni oqlovchi va uni targ‘ib qiluvchi gaplarini yozib borgan.

Top