09:34 / 11.07.2015
2697

AQSh Xodimlarni boshqarish agentligi rahbari tashkilot xakerlar hujumiga uchraganidan keyin o‘z lavozimini tark etdi

AQSh Xodimlarni boshqarish agentligi rahbari Ketrin Archuleta boshqarmaga yirik xakerlik hujumi uyushtirilgani haqidagi ma'lumotlar oshkor bo‘lgandan keyin iste'foga ketishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Sky News nashri.

Turli ma'lumotlarga ko‘ra, xakerlar ixtiyoriga 19 mln.dan 25 mln.gacha amerikaliklar haqida ma'lumotlar o‘tgan. Dastlab Archuleta o‘z lavozimini tark etmoqchi emasligini va o‘z xodimlariga ishonch bildirishini aytgan edi.

Ma'lumotlar chiqib ketishi haqidagi oxirgi ma'lumolar oshkor etilgandan keyin agentlikda katta miqyosdagi tekshiruv o‘tkazishga qaror qilindi.

10 iyul kuni The Wall Street Journal nashri turli boshqarmalarga xakerlik hujumi oqibatida AQShning 19,7 mln nafar davlat xizmatchilari haqidagi shaxsiy ma'lumotlar o‘g‘irlanganini ma'lum qildi.

Top