Sport | 15:13 / 11.07.2015
5767
1 daqiqa o‘qiladi

Devid Bekxem o‘zi tomon uchib kelayotgan tennis koptogini ilib oldi

“Real Madrid” hamda Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Uimbldon turnirida o‘ziga uchib kelayotgan tennis koptogini ushlab olib, chaqqonligini namoyish etdi.

Tennischilardan biri uzatgan koptok Devid Bekxem turgan o‘rindiq tomonga uchib ketdi.

Bu holat tomoshabinlarni befarq qoldirmadi. Ular bu holat kulib qarshi olishdi hamda futbolchini olqishlashdi. Angliya terma jamoasi sobiq sardori dastlab bu holatdan hijolat bo‘ldi, so‘ngra muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.