Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada amalga oshirilgan talonchilik fosh etildi
2015 yil 3 iyul kuni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Qorajiyda qishlog‘ida ikki noma'lum shaxs 24 yoshli fuqaroni qo‘rqitib, uning "Nokia" telefoni va velosipedini ochiqdan-ochiq tortib olib voqea joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur talonchilik jinoyatini mahalliy aholiga mansub, 19 yoshli ikki nafar yigitlar sodir etganligi aniqlanib, ular qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.