Jahon | 01:01 / 11.07.2015
3463
1 daqiqa o‘qiladi

HBO telekanali Obamaning qamoqxonaga safarini namoyish qiladi

AQSh prezidenti Barak Obama AQShda jinoiy sudlov tizimining ahvoli haqidagi teledastur doirasida mamlakat tarixida birinchi marta federal qamoqxonaga tashrif buyuradi. Bu haqda Variety nashri xabar bermoqda.

Obama 1,2 ming mahbus saqlanadigan Oklaxoma shtatidagi El Rino qamoqxonasiga yo‘l oladi.

Obama tashrifi chog‘ida qamoqxonani ko‘zdan kechirib chiqadi va mahbuslar, qamoqxona va huquq-tartibot muassasalari xodimlari bilan uchrashadi. Obamaning bu tashrifi mamlakat tarixida birinchi marta sodir bo‘ladi. Teledastur mualliflarining fikricha, tomoshabinlar prezident jinoyatchilik muammosiga qanday munosabatda ekanligini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Dastur HBO telekanalida kuz paytida efirga uzatiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish