21:19 / 11.07.2015
7640

Juda ham foydali asal va limonli ichimlik

Bir yil oldin men gripp bilan qattiq og‘ridim. Hech qanday dorining foydasi bo‘lmaganday tuyuldi. Shunda bir ayol menga ertalablari asal va limon qo‘shilgan issiq (qaynoq emas!) suv ichishni tavsiya qildi. Men bu maslahatga ishonqiramay qarasam-da, uni sinab ko‘rdim. Gripp o‘tib ketdi, ichimlik esa menga juda yoqib qoldi.

Men uni har kun ichardim. Mana bu odatimga ham bir yil bo‘libdi. Shu vaqt davomida organizmim kutilmagan tarzda butunlay o‘zgardi. Masalan:

Mana bir yildirki shamollash nimaligini bilmayman. Bundan tashqari oshqozondagi og‘riqlar ham meni bezovta qilmay qo‘ydi.
Aytishim kerakki, men hech qachon xalq tabobatiga ishonmaganman. Dorixonalar quli edim. Qornim og‘ridimi – dori ichardim. Surunkali charchoq qiynaydimi, vitaminli tabletkalar qabul qilardim.

Biroq shu yil davomida men biror marta aksirmadim. Bosh og‘riqlarim ortda qoldi. Endi qayerga bormay, o‘zim bilan limon va asal olib yuraman. Bu ichimlikni hatto mehmonxonalarda ham ichardim.

Endi ertalablari qahva ichmayapman. Va juda yengil uyg‘onaman

Mening limonli asal ichimligim qahvaga bo‘lgan tobeligimdan qutilishga yordam berdi. Shu bilan birga bosh og‘rig‘idan ham. Kun bo‘yi kuch-quvvatga to‘lib yuraman. Ertalablari yengil uyg‘onib, tabassum qilaman.

Ilgarilari ko‘zimni ochish uchun bir soatcha vaqt ketardi. Endi ertalablari yaqinlarimga achchiq qilmayman. Qisqasini aytganda, qachon oxirgi marta kunning birinchi qismida o‘zimni tajang his qilganinimni eslolmayman.

Atrofimdagi insonlar sog‘-salomat bo‘la boshlashdi

Bu esa eng katta yutuq edi. Men oila a'zolarimni o‘z odatimga o‘rgatdim. Shunday qilib so‘nggi yilda gripp va boshqa qishki kasalliklar bilan nafaqat men, balki mening ayolim va ikki farzandim ham og‘rishmadi.

Men bu mo‘'jizaviy ichimlikning aynan qanday ta'sir ko‘rsatishini bilmayman, biroq u ta'sir ko‘rsatyapdi. Bu ichimlikni tavsiya qilgan ayoldan butun umrga minnatdorman.

Ichimlikni tayyorlash usulim

Odatda men bir stakan ichimlik uchun yarimta limonni siqaman va unga bir osh qoshiq asal qo‘shaman. Ularni qaynoq suvda aralashtiraman va sovitaman. Ichimlikni har tong uyg‘onishim bilanoq ichaman. Shuni aytib o‘tish joizki, ichimlikning ta'mi kundan kunga o‘zgarishi mumkin. Hammasi siz unga qo‘shayotgan limon va asal ta'mi hamda naviga bog‘liq. Ba'zida u nordon bo‘ladi, ba'zan esa yoqimli shirin.

Ichimlik qanday ta'sir ko‘rsatadi? Men bunga oydinlik kiritish maqsadida ko‘plab tibbiyot saytlarini ko‘rib chiqdim. Va bir qancha narsalarni tushinib yetdim.

1. Ushbu ichimlik peshob yo‘llari infeksiyalaridan himoya qiladi

Limon va asal ovqat hazm qilish tizimi ishini tezlashtiradi, shuningdek, yo‘g‘on ichakni namlantiradi. Natijada qabziyat va sistitga qarshi ajoyib dori vositasi hosil bo‘ladi. Ichimlik peshob quvuvchi bo‘lib, shifokorlarning ta'kidlashicha, u kishini peshob chiqarish yo‘lidagi ko‘plab muammolardan himoya qiladi.

2. Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi

Ichimlik tarkibidagi hamma narsa ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, limon jigarga ko‘proq o‘t suyuqligini ishlab chiqarishda yordam beradi. Shunday qilib, mahsulotlar yaxshiroq qayta ishlanadi, siz esa ko‘proq ozuqa moddalarini qabul qilasiz.

Asal kuchli antibakterial xususiyatga ega, shuning uchun ham u bizni har qanday infeksiyadan asraydi. Bundan tashqari u oshqozonni ko‘proq shira ishlab chiqarishga majbur qiladi, bu esa organizmdan toksinlarni samarali chiqarib yuborishga sabab bo‘ladi. Shu yo‘l bilan o‘z vaznimizni nazorat qilishimiz mumkin.

3. Salomatlik va go‘zallikdan yashnab yurasiz

Limon teri uchun juda foydali. Shuningdek, u qonni tozalashga ham ko‘maklashadi. Agar limon iste'mol qilib tursangiz, organizm yangi qon hujayralarini tezroq ishlab chiqaradi. Suv kollagen ishlab chiqarishni tezlashtiradi, bu esa teri uchun juda foydali. 

Xullas, men ham sizga bu ichimlikni tavsiya qilaman. U juda mazali. Shunchaki tatib ko‘ring. (Sinab ko‘rishdan oldin u sizga to‘g‘ri kelishi yoki yo‘qligi haqida shifokor bilan maslahatlashganingiz maqsadga muvofiq!)

Top