Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:46 / 11.07.2015
2408
1 daqiqa o‘qiladi
Moskva markazida AQSh elchixonasi xodimi talonchilar hujumiga uchradi
Moskva shahri markazida AQSh elchixonasi vakilini kaltaklab, tunab ketishdi. Bu haqda "Interfaks" xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 10 iyul kuni Nikolskiy ko‘chasidagi 25-uy oldida ikki noma'lum shaxs AQSh fuqarosiga hujum qilishgan. Jabrlanuvchi AQShning Rossiyadagi elchixonasida binoning texnik masalalariga javobgar shaxs hisoblanuvchi xodim sifatida ishlashi aniqlangan.
Ma'lum bo‘lishicha, zo‘ravonlar uning yonidan 2 ming rubl va 60 dollarni olib ketishgan.
Jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga to‘g‘ri kelgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish