O‘zbekiston | 12:43 / 11.07.2015
3316
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda nodavlat pansionatlar tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 iyul kuni 186 sonli qaror bilan “Keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha nodavlat pansionati to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash xaqida”gi qarorni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublkasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining axborot xizmati ma'lum qildi.

Mazkur hujjat “Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha nodavlat pansionatlari o‘z faoliyatini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan beriladigan litsenziyaga muvofiq amalga oshiradigan tibbiy-ijtimoiy tashkilotlar hisoblanadi.

Qaror bandlarida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda, nodavlat pansionatlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning na'munaviy ro‘yxatini tasdiqlashi, tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida katta avlod kishilariga xizmat ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini joriy etishda ularning o‘rnini kuchaytirish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini tashkil etish, nodavlat pansionatlar faoliyatlarini amalga oshirishida ularga har tomonlama ko‘maklashish zarurligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, nodavlat pansionatlarini tashkil qilish maqsadida, bo‘sh turgan nodavlat ko‘chmas mulk obektalarini tadbirkorlik sub'yektlariga “nol” sotib olish qiymati bo‘yicha berish maqsadida tegishli ro‘xatni Vazirlar Mahkamasiga kiritish masalasi ham hujjatda aks ettirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish