Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Plyushchenko onasining vafoti tufayli Yaponiyadagi safarini to‘xtatib, Rossiyaga qaytdi
Figurali uchish bo‘yicha ikki karra olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lmish rossiyalik Yevgeniy Plyushchenko Yaponiyaga uyushtirgan gastrol safarini onasining vafot etgani sababli to‘xtatgan va Rossiyaga qaytgan. Bu haqda uning rafiqasi Yana Rudkovskaya ma'lum qildi.
"9 iyul kuni Jyenyaning onasi Tatyana Vasilevna kasallik tufayli Sankt-Peterburgdagi Xalqaro tibbiyot markazi qoshidagi shifoxonada vafot etdi. U va uning yaqinlari bu xastalikka qarshi kurashishdi. Biz Germaniya va Isroildan eng yaxshi shifokorlarni chaqirdik. Lekin bu xastalik bedavo bo‘lib chiqdi.
Yevgeniy Yaponiyadan o‘z safarini muddatidan oldin yakunlab, qaytib keldi. U hozir Sankt-Peterburgda", deydi Rudkovskaya TASS nashriga bergan intervyusida.