Light | 12:29 / 11.07.2015
10916
2 daqiqa o‘qiladi

Ramazon oyining dastlabki 16 kunida Makka shahriga umra ibodatini ado etgani 14 000 000 nafar ziyoratchi tashrif buyurdi

Makka shahri hokimi Xolid al-Faysal boshchiligida Markaziy haj qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 1436 hijriy yilining Ramazon mavsumi umra ziyorati ish jarayoni borishi muhokama qilindi.

Qo‘mita Bosh kotibi Salah Sakrning ma'lum qilishicha, joriy yil Ramazon oyining dastlabki 16 kunida Makka shahriga 14 000 000 nafar ziyoratchi umra ibodatini ado etgani keldi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga ko‘pdir va bu o‘ziga xos rekord natijadir. Shuningdek, Ramazon mavsumi davomida 650 000 transport vositalari ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatayotgani va 30 kun mobaynida 25 000 000 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati borligi alohida ta'kidlandi.

Saudiya Arabistoni  Haj vaziriligi  ma'lumotiga ko‘ra,  Ramazon oyining qolgan qismida yana 5 000 000 nafar ziyoratchi kelishi kutilmoqda. Ularning 3 700 000 nafari Jidda shahridagi qirol Abdulaziz xalqaro aeroportidan, 1 300 000 nafari Madinadagi shahzoda Muhammad bin Abdulaziz aeroportida kutib olinadi. Shuningdek, Jidda va Yanbu dengiz portlaridan ham ziyoratchilar tashrifi rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda ziyoratchilarga 34  tilda umra ibodatlarini ado etishda yordam beruvchi mobil telefonlar uchun taqdim etilgan smart ilova ham muhokama etildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish