21:16 / 11.07.2015
3032

Rossiyalik tennischi qiz yoshlar o‘rtasida Uimbldon musobaqasining g‘olibi bo‘ldi

Rossiyalik tennischi qiz Sofiya Juk yoshlar o‘rtasida Uimbldon musobaqasining g‘olibi bo‘ldi. U musobaqa finalida hamyurti Anna Blinkovani 7:5, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 1 soat 18 daqiqa davom etdi.

Bu Jukning yoshlar o‘rtasidagi Katta dubulg‘a musobaqalaridagi birinchi unvoni bo‘ldi. Juk avvalroq joriy yilda yoshlar o‘rtasida Fransiya ochiq chempionatida ishtirok etib, musobaqani 2-davrada tark etgan edi. Rossiyalik yosh tennischining hisobida ITF musobaqalaridagi bitta g‘alaba bor – Juk 2014 yilda Chimkentda bo‘lib o‘tgan musobaqaning g‘olibi bo‘lgan.

Top