Jahon | 21:30 / 11.07.2015
11187
1 daqiqa o‘qiladi

Serbiya bosh vaziri Srebrenitsada toshbo‘ron qilindi

Serbiya bosh vaziri Aleksandar Vuchich Srebrenitsa shahrida bu yerda yuz bergan ommaviy qotilliklarning 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etayotganda toshbo‘ron qilindi, deb xabar bermoqdalar mahalliy OAVlar.

Namoyishchilar Vuchichga tosh va shisha idishlar uloqtirishdi. Uloqtirilgan toshlardan biri bosh vazirning boshiga tegib, ko‘zoynagini sindirdi.

Noxush voqea Vuchich Srebrenitsadagi ommaviy qotilliklar qurbonlari yodgorligiga gulchambar qo‘yayotganda yuz berdi.

Politsiya hujum qilganlarni qo‘lga oldi, serb delegatsiyasi evakuatsiya qilindi.

1995 yil 11 iyulda Serb Respublikasi qo‘shinlari Niderlandiya tinchlikparvar kuchlarining beparvoligidan foydalanib, bosniyalik musulmonlar joylashgan anklav (biror davlatning boshqa davlatlar bilan to‘liq o‘rab olingan qismi) Srebrenitsani bosib olishdi. Shundan keyin bu yerdagi bosniyaliklar serbiyalik qo‘shinlar tomonidan etnik qirg‘inlar va deportatsiyalarga uchradilar. 2007 yilda bu xunrezliklar BMT tomonidan genotsid deb topildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish