Jahon | 11:32 / 11.07.2015
2357
1 daqiqa o‘qiladi

Toshiba kompaniyasi rahbari moliyaviy mojarolar tufayli iste'fo beradi

Yaponiyaning Toshiba korporatsiyasi prezidenti Xisao Tanaka tashkilotda ro‘y berayotgan moliyaviy mojarolarda mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgan holda iste'foga chiqadi. Bu haqda Kyodo xabar bermoqda.

Joriy haftada tashkilotning oxirgi yillardagi faoliyati mustaqil ravishda o‘rganilgan tekshiruvning dastlabki xulosalari e'lon qilindi. Unda qayd etilshicha, Toshiba bosh menejyerlari korporatsiyaning daromadlari o‘sishi ko‘rsatkichlarini soxtalik bilan oshirishgan.

Bundan tashqari, rahbarlar har oyda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda korporatsiya filiallaridan ilojsiz bo‘lgan ko‘rsatkichlarni talab qilishgani va ularga bosim o‘tkazishgani aytilgan. Bu esa moliyaviy firibgarliklarga olib kelgan bo‘lishi mumkin.

Tekshiruv ishlari 21 iyul kuni yakunlanadi va o‘sha kuni hisobot e'lon qilinadi.

Ma'lumot uchun, Toshiba kompaniyasining oxirgi 5 yillikdagi oshirib ko‘rsatgan daromadlari 200 mlrd iyenga (1,6 mlrd dollar) teng bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish