Light | 00:24 / 11.07.2015
18179
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan “To‘xtaboy” jome masjidining yangi veb-sayti ishga tushdi

Muborak Ramazon oyida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan “To‘xtaboy” jome masjidining yangi veb-sayti ishga tushdi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlar  idorasining rasmiy veb portali. Mazkur sayt www.ummat.uz nomi bilan nomlandi. Saytning asosiy maqsadi yurtimizdagi mo‘min-musulmonlarning diniy ehtiyojlarini qondirish, ahli sunna val jamoa mazhabi ta'limotini targ‘ib qilish, aqidaviy masalalar, musaffo Islom dinining asl mohiyatini bayon qilish, Qur'onu-sunnatni o‘rganib amal qilish, ixtilof va tafriqaning oldini olish, mutaassiblik va bid'at-xurofotlarni yo‘qotish kabi ezgu maqsadlarni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan.
Alloh taolo marhamat qiladi:
“Sizlardan yaxshilikka da'vat etadigan, amri ma'ruf va nahyi munkar ishlarini olib boradigan (bir) ummat bo‘lsin! Aynan ular (oxiratda) najot topuvchilardir” (Oli Imron surasi, 104-oyat).
Aziz yurtdoshlar! “To‘xtaboy” jome masjidining yangi “ummat.uz” veb sayti ham yurtimizdagi ezguliklarni targ‘ib qiladigan veb-sahifalardan biri bo‘lib qolishini Yaratgandan so‘rab qolamiz.