Sport | 16:22 / 11.07.2015
4202
2 daqiqa o‘qiladi

Universiada-2015: Dmitriy Shokin O‘zbekiston terma jamoasi uchun ilk oltin medalni olib berdi

Janubiy Koreyaning Kvanchju shahrida davom etayotgan Butunjahon talabalar Universiadasining taekvondo BTF bahslarida ishtirok etayotgan vakilimiz amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Hozirgina yakuniga yetgan final bellashuvida Shokin mezbon sportchi Park Yun Kyunga qarshi dayanga chiqdi. 25 yoshli koreyalik sportchi 2 metru 3 santimetr bo‘y, 112 kg vaznga ega edi. Shunga qaramay, u kuchli raqibini mahalliy muxlislar qo‘llab-quvvatlashiga qaramay 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, dastlabki oltin medalga sazovor bo‘lgan delegatsiyamiz umumjamoa hisobida 37-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Umumjamoa hisobida esa hamon Janubiy Koreya vakillari 34 ta oltin, 24 ta kumush va 21 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilishmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan xitoylik sportchilar hisobida 29 ta oltin, 16 ta kumush va 13 ta bronza medali bor. Kuchli uchlikni Rossiya Federatsiyasi sportchilari yakunlashgan. Ular hozirga qadar 28 ta oltin, 32 ta kumush va 38 ta bronza medalini jamg‘arishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish