Sport | 16:34 / 11.07.2015
3015
1 daqiqa o‘qiladi

Universiada-2015: Janubiy Koreya medallar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

3 iyul kuni Janubiy Koreyaning Kvanchju shahrida boshlangan XXVIII yozgi Universiada o‘yinlari 14 iyul kuni yakunlanadi. 

Turnirda 120 davlatdan kelgan 12.000 nafar talaba sportchilar sportning 21 turida g‘oliblik uchun bahs yuritmoqda.

Shu vaqtgacha 60 terma jamoa a'zolari medallar hisobini ochishgan. O‘zbekiston terma jamoasi bugun Dmitriy Shokin keltirgan oltin medal orqali 39 o‘rinda joylashdi.

Umumjamoa hisobida esa hamon Janubiy Koreya vakillari 34ta oltin, 24ta kumush va 21ta bronza medali bilan peshqadamlik qilishmoqda.

1. Janubiy Koreya – 34-24-21 (79)
2. Rossiya – 29-33-38 (100)
3. Xitoy – 29-16-13 (58)
4. Yaponiya – 19-19-28 (66)
5. AQSh – 17-13-16 (46)
6. Fransiya – 12-9-8 (29)
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish