Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vatikanning Dominikandagi sobiq vakili sud qilinadi
Sobiq arxiyepiskop va Rim papasining Dominikan Respublikasidagi sobiq vakili Yozef Veselovski 11 iyul kuni bachchabozlik bilan shug‘ullangani uchun sud qilinadi. Bu haqda Reyter xabar bermoqda.
66 yoshli polshalik ruhoniy Veselovski 2013 yilda Dominikandan chaqirib olingandi. Mahalliy OAVlarda u bolalarga jinsiy tajovvuzkorlik bilan munosabatda bo‘lganlikda ayblab chiqilgandi.
Rim papasi Frantsisk 2014 yilning sentyabirda uni hibsga olish uchun ko‘rsatma bergan. Bu Vatikanda ilk marta pedofilizm uchun hibsga olish bo‘lgandi.
Veselovskining uyidagi kompyuterdan bolalar pornografiyasi bo‘yicha filmlar topilgan.
Agar unga qo‘yilgan ayblar isbotlansa, u 8 yilga ozodlikdan mahrum etiladi.
Rim papasi odamlarning katolik cherkoviga ishonchini qaytarish uchun harakat olib bormoqda. U 2013 yilda shu borada papalikning barcha xodimlari uchun amal qiladigan kodeks qabul qilgan. 2014 yilning aprelida papa bolalarga zo‘ravonlik ishlatgan ruhoniylarni "shaytonning xizmatkorlari" deb e'lon qilgan.
2015 yilning fevralidagi chiqishida ham papa Frantsisk ruhoniylarni bolalarni zo‘rlashni bas qilishga chaqirgan. Shu yilning iyun oyida u shunday jinoyatlar bilan shug‘ullanadigan sud tashkil etgan.
Biroz oldinroq, Rim papasi AQShda pedofil-ruhoniy Kertis Vexmyayerdan bolalarni himoya qila olmagani uchun arxiyepiskop Jon Naynshtadtning iste'fosini qabul qilgandi.