Warner Bros kompaniyasi 2016 yil 26 martda ekranlarga namoyishga chiqariladigan “Betmen Supermenga qarshi: Adolat boshlanganda” filmining treylerini namoyish qildi.
Zak Snayder rejissyorligi ostida suratga olinayotgan filmning treyleri San-Diyegodagi Comic-Con ommaviy madaniyat festivalida namoyish etildi.
“Iblislar ostimizdagi do‘zaxdan emas, tepamizdagi osmondan keladilar”, deydi treylerda Supermen o‘z dushmani – aktyor Jyessi Ayzenberg ijrosidagi superyovuz Leks Lyutorga.