Sport | 18:01 / 12.07.2015
5471
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik 13 yoshli futbolchi "Arsenal" jamoasida malaka oshiradi

"Bunyodkor” klubi akademiyasining 2002 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoasi hujumchisi Bo‘ronbek Mirzasalimov Toshkentdan Londonga uchib ketdi.

U shu yaqin vaqt ichida Londonning “Arsenal” klubi yoshlar jamoasida malaka oshirish treyninglarida qatnashadi. Toshkent shahar bolalar-o‘smirlar birinchiligi yozgi ta'tilga chiqqanligi munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, yosh futbolchi Yevropaga yo‘l olgan.

Aytib o‘tish joizki, “Arsenal” akademiyasiga taklif olish futbolchi oldiga qo‘yilgan ma'lum shartlarning talab darajasida bajarilganidan so‘ng amalga oshdi. Birinchidan, futbolchi Toshkent shahar bolalar-o‘smirlar birinchiligida o‘z tengqurlari orasida yaqqol ajralib turadi va yetakchi to‘purarlardan hisoblanadi. Bundan tashqari, u taklif qilayotgan tarafga ingliz tilida bemalol gaplasha olishini ham amalda isbotlashi kerak edi.

Bo‘ronbek Londonga yetib borgach, ingliz tili bo‘yicha imtihonni barchadan a'lo darajada topshirdi. U 120ta savoldan 120tasiga aniq javob bergan va shu yo‘nalishdagi maxsus sertifikatga ega bo‘lgan.

Endi Mirzasalimovni London atrofidagi Charterxaus rayonida joylashgan “Arsenal” akademiyasidagi qiziqarli va kelajak uchun foydali mashg‘ulotlar hamda nazorat uchrashuvlari kutib turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish