Jahon | 09:03 / 12.07.2015
2891
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada 10 mingga yaqin baliq ulkan akvariumga o‘tkazilishi paytida nobud bo‘ldi

Braziliyada 10 mingga yaqin baliq vaqtinchalik akvariumlarda “dunyodagi eng katta chuchuk suvli akvariumga” o‘tkazilishi paytida nobud bo‘ldi. Bu haqda Folha nashri xabar bermoqda.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Afrika, Osiyo va Okeaniyadan olib kelingan baliqlardan 80 foizi suvning harorati, 10 foizi kasallik va yana 10 foizi esa transportirovka paytida dosh bera olmay nobud bo‘ldi. Mutaxassislarning fikricha, baliqlarning o‘limiga suvning yaxshi tozalanmaganligi ta'sir qilgan.

Qayd etilishicha, Kampu-Grandidagi akvarium qurilishi sobiq gubernatorning loyihasi bo‘lgan hamda 2014 yilda bitkazilishi kerak edi. Akvariumning bahosi 170 mln dollarga baholangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish