Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv 100 sahifadan iboratligi ma'lum bo‘ldi
Tehron va xalqaro vositachilar oltiligi muhokama qilayotgan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvning matni 100 sahifadan iborat bo‘ldi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligidagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Muzokaralar inqirozga uchramadi. “Oltilik” va Eron texnik va huquqiy detallarni o‘z ichiga oluvchi 100 sahifalik matn ustida ish olib bormoqda”, deb aytdi manba va masalalarning kichik qismigina qo‘shimcha kelishuvni talab qilishini ta'kidlab o‘tdi.
“Bitim tuzishga erishiladi. Unga erishish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud. Biroq bu qachon bo‘lishini hech kim aniq ayta olmaydi”, deb ta'kidlamoqda manba.
Avvalroq diplomatlar Eron bo‘yicha bitimni 12 iyulgacha tuzishga harakat qilishlari ma'lum qilingandi.