Sport | 23:40 / 12.07.2015
2513
1 daqiqa o‘qiladi

Futbol bo‘yicha Fiji terma jamoasi ilk bor Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadigan bo‘ldi

Fiji terma jamoasi Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun saralash bosqichi finalida Vanuatu ustidan penaltilar seriyasi bo‘yicha 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi.

850 ming aholiga ega bo‘lgan orol-davlat ushbu g‘alabasi evaziga ilk bor Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Fiji tarixda Avstraliya va Yangi Zelandiyadan keyin Olimpiya o‘yinlarida Okeaniya mintaqasidan ishtirok etuvchi 3-jamoaga aylandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish