Jahon | 21:35 / 12.07.2015
4546
2 daqiqa o‘qiladi

Greklar pullarining qadrsizlanishidan xavfsirab ommaviy tarzda iPhone, iPad, kompyuter va televizorlar sotib olishmoqda

Greklar Gretsiyaning yevrohududdan chiqishi vaziyatida pullarining qadrsizlanishidan xavfsirab oxirgi kunlarda faol tarzda iPhone, iPad, kompyuter, televizorlar va istalgan qimmatbaho texnikani sotib olishmoqda.

Mahalliy sotuvchilarning aytishicha, avvallari ko‘pchilik greklar 500 yevroga noutbuk sotib olish kerakmi-yo‘qmi deb ikkilanishardi, hozirda esa ko‘pchilik undan 2-3 barobar qimmatroq modeldagi noutbuklarni bir necha kundan keyin o‘z pullarini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib hech qanday muhokamasiz sotib olishmoqda.

“Bu vaziyatda greklar ko‘proq Apple kompaniyasining mahsulotlarini afzal ko‘rishmoqda, chunki iPhone telefonlari, iPad planshetlari va Mac kompyuterlari elektron gadjyetlar bozoridagi premium-sinf segmentida yuqori ulushga ega”, deb aytilmoqda manbalarda.

“Agar bankomatlardan kuniga bir kishi boshiga 60 yevro olish mumkin bo‘layotgan bo‘lsa, kredit yoki debet kartalar yordamida to‘lovni amalga oshirish faqatgina kartaning limiti bilan cheklangan. Ko‘pchilik kredit kartalar 3000-8000 yevro limitga ega, shuning uchun agar karta egasining hisobida shuncha pul bo‘lsa, u qimmatbaho xaridlar qila olishi mumkin bo‘ladi”, deb aytmoqda mahalliy do‘konlardan birining sotuvchisi.

Sotuvchining aytishicha, elektronika narxi oxirgi haftalarda o‘zgarmagan, biroq yil boshiga nisbatan yevroning dollarga nisbatan kursining tushishi sababli narxi ko‘tarilgan. Gadjyetlar esa asosan AQSh dollarida hisob-kitob qiluvchi davlatlardan sotib olinadi. Misol uchun, barcha video formatlarni o‘qiy oluvchi WD Media Player TV WiFi mediapleyeri bir necha oy avval 94 yevro turgan bo‘lsa, hozirda uning narxi 119,90 yevroni tashkil qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish