Sport | 19:34 / 12.07.2015
5993
2 daqiqa o‘qiladi

Iker Kasilyas: «25 yil o‘tib men uchun barcha narsani bergan klub bilan xayrlashish kabi og‘ir fursat keldi”

Madridning “Real” klubi va Ispaniya futbolining afsonasi Iker Kasilyas klub bilan xayrlashishiga bahishlangan matbuot-anjumanida u uchun barcha narsani bergan klubdan ketishi naqadar og‘ir bo‘layotganini aytib o‘tdi.

“Men bilan bu hayotimdagi o‘zgacha kunni bo‘lishgani kelganingiz uchun barchangizga rahmat. “Real”ni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha bilan xayrlashishni istayman.

“Men “Portu”ga bu mening taqdirim bo‘lishiga umid va ishonch bilan ketmoqdaman. U yerda ishonchni oqlash uchun barcha qo‘limdan kelgan ishni amalga oshiraman.

25 yil o‘tib men uchun murakkab kun – men uchun barcha narsani bergan klub bilan xayrlashish kuni keldi.

Men o‘zimni yaxshi kunlarimda ham, omadsiz kunlarimda ham sevishganini his qilganman. Men bu klubda uning qadriyatlariga tayanib ulg‘aydim.

Bu yerda meni yaxshi inson sifatida eslab qolishlariga umid qilaman. Qayerga bormay, men doimo “Hala Madrid!” (“Olg‘a, Madrid!) deb qolaman”, deb o‘z dil so‘zlarini bildirib o‘tdi Kasilyas.