Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Suares: «FIFA menga chiqargan jazosi haddan ziyod keskin bo‘lganini tan olib, uzr so‘rashini istayman”
“Barselona” hujumchisi Luis Suares 2014 yilgi jahon chempionatida Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellinini tishlab olgani uchun FIFA tomonidan unga chiqarilgan jazo uchun tashkilot uzr so‘rashini istayotganini ma'lum qildi.
“Godin gol urganda men xursand bo‘la olishim mumkin bo‘lgandek xursand bo‘lmadim. Men o‘z qilmishim noto‘g‘ri ekanligini tushundim va keyin nima bo‘lishini bilardim.
Mening fikrimcha, FIFA intizom qo‘mitasi mening chetlashtirilishim haddan ziyod keskin bo‘lganini biladi. Men qandaydir payt ular uzr so‘rab, bu jazo noto‘g‘ri bo‘lganini tan olishlarini istardim, chunki men o‘zimning nohaqligimni tan oldim.
Oskar Tabares ushbu qaror haqida e'lon qilganda men kuchli bo‘lishga harakat qildim, biroq ko‘z yoshidan qochib qutula olmadim. Har kim xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, biroq sen hattoki maydonga tashrif buyura olmasliging haqida gapirish aqlga sig‘maydi”, deb Suaresning so‘zlarini keltirib o‘tdi Football Italia nashri.
Ma'lumot uchun, Suares 2014 yilgi jahon chempionatida Kellinini tishlab olgani uchun Urugvay terma jamoasining 9ta rasmiy uchrashuvidan va 4 oyga futboldan chetlashtirilgan edi.