22:40 / 12.07.2015
7333

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov muz ustida figurali uchish bo‘yicha Olimpiya chempioni Tatyana Navkaga uylanmoqda

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov va muz ustida figurali uchish bo‘yicha Olimpiya chempioni Tatyana Navka turmush qurishmoqda. Navka Tatler jurnaliga bergan intervyusida nikoh to‘yi 1 avgustda Sochida o‘tkazilishini ma'lum qildi.

“Rossiyaning eng taniqli odamlari 1 avgustda Sochida Olimpiya chempioni Tatyana Navka va Rossiya prezidenti matbuot kotibi va Navkaning kichik qizining otasi Dmitriy Peskovning nikoh to‘ylarida ishtirok etish uchun shoshilinch tarzda o‘z ta'til rejalariga o‘zgartirish kiritmoqdalar. Darvoqe, aynan o‘zining qorong‘u tunlari bilan mashhur bo‘lgan bu shaharda kelin-kuyovlar 2014 yilgi Olimpiya o‘yinlari vaqtida omma oldida birgalikda paydo bo‘lgan edilar”, deb e'lon qilmoqda bu voqeani jurnal.

Tatyana Navka va Dmitriy Peskov orasidagi ishqiy munosabatlar haqida ma'lumotlar bir yil avval paydo bo‘lgan edi. Ular turli tadbirlar va kechalarda birgalikda ko‘rinishni boshlashgan. Biroq shu paytgacha ularning ishqiy munosabatlari rasman tasdiqlanmagan edi.

Tatyana Navka 2014 yil avgustida Peskovdan Nadejda ismli qiz farzand ko‘rgan.

Dmitriy Peskov o‘zining sobiq rafiqasi Yekaterina bilan 2014 yil avgustda ajrashgan. Peskov rafiqasining aytishicha ular orasidagi munosabatlarga sovuqlik tushishiga erining xiyonati sabab bo‘lgan.

Top