09:56 / 12.07.2015
2999

So‘rovnoma: Jyeb Bush va Donald Trampni deyarli bir xil sondagi saylovchilar qo‘llab-quvvatlamoqda

Florida shtatining sobiq gubernatori Jyeb Bush va milliarder Donald Tramp Respublikachilar partiyasining AQSh prezidenti lavozimiga da'vogarlik qilayotgan eng ko‘p qo‘llab-quvvatlanayotgan vakillari hisoblanishmoqda.

Ipsos xalqaro ijtimoiy markazi va Reuters agentligi o‘tkazgan va 11 iyul kuni chop etilgan so‘rovnomaga ko‘ra, ularni deyarli bir xil sondagi saylovchilar qo‘llab-quvvatlamoqdalar.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, so‘ralganlarning 16,1 foizi Bushni 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan yagona nomzod sifatida ko‘rmoqda. Trampning nomzodini 15,8 foiz respondentlar qo‘llab-quvvatlagan. 3-o‘rinda Nyu-Jyersi shtati gubernatori Jyersi Kris Kristi (9,5 foiz) bormoqda, uning ketidan Kentukki shtatidan senator Rend Pol (8,1 foiz) kelmoqda. “Beshlik”ni neyrojarroh Ben Karson (7,2 foiz) yakunlagan.

Agar tanlov Bush, Tramp va Florida shtatidan senator Marko Rubio o‘rtasida olib borilganda Bushning nomzodini so‘ralganlarning 42 foizi, Trampni 28,4 foizi va Rubioni 20 foizi qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi, deyiladi xabarda.

Demokratlar partiyasidan eng katta qo‘llab-quvvatlashga AQShning sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton ega bo‘ldi – uning nomzodini 48,3 foiz respondentlar qo‘llab-quvvatladi. So‘ralganlarning 22,9 foizi Vermont shtatidan senator Berni Sandersga, 10,7 foizi AQSh vitse-prezidenti Jozef Baydenga (biroq u prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini ma'lum qilmagan) g‘alaba tilamoqda.

6-10 iyul kunlari o‘tkazilgan ushbu so‘rovnomada AQShning 18 yoshdan katta 900dan ortiq fuqarosi ishtirok etdi.

Top