Jahon | 18:48 / 12.07.2015
3214
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada issiq harorat tufayli 2 kishi halok bo‘lib, 769 kishi shifoxonaga yotqizildi

Yaponiyada 12 iyul kuni mobaynida oftob urishi oqibati kamida 2 kishi halok bo‘ldi va yana 769 kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda NHK jamoatchilik televidenisi xabar berdi.

Eng ko‘p jabrlanganlar Tokio bilan qo‘shni Saytama prefekturasida qayd etildi, bu yerda 75 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Yaponiyaning deyarli butun hududi bo‘ylab ikki kundan beri issiq harorat kuzatilmoqda: bir qator hududlarda havo harorati 30 gradusdan yuqoriroqqa ko‘tarilmoqda. 11 iyul kuni bitta o‘lim bilan tugagan holat va 300 nafar kishi shifoxonaga yotqazilgani haqida xabar berilgan.

Yaponiyada har yili yoz mavsumida issiq urishi va qizib ketish oqibatida qurbonlar qayd etiladi. O‘tgan yili issiq harorat tufayli kamida 30 kishi halok bo‘lgan, 35 mingdan ziyodroq kishi shifoxonaga yotqizilgan. Mahalliy shifokorlar bunday issiq paytda quyoshda kamroq bo‘lishni va muntazam ravishda oz-ozdan biroz sho‘rlangan suv va salqin ichimliklar ichib yurishni tavsiya qilishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish