Sport | 07:44 / 13.07.2015
2088
1 daqiqa o‘qiladi

“Bavariya” Telekom Cup musobaqasida oxirgi o‘rinni egalladi

“Bavariya” tomonidan tashkil etiladigan, har yili an'anaviy tarzda o‘tkaziladigan Telekom Cup musobaqasida “Bavariya” oxirgi – 4-o‘rinni egalladi. Bu haqda Mnyuxen klubining rasmiy saytida xabar berildi.

Myunxenliklar avval “Augsburg”ga (1:2), keyin Myonxengladbaxning «Borussiya” klubiga penaltilar seriyasida (0:0, penaltilar bo‘yicha – 3:4) imkoniyatni boy berdi.

“Augsburg” bilan o‘yinda “Bavariya”ning yangi o‘yinchisi Duglas Kosta asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘yinning boshidan oxirigacha maydonda to‘p surdi. Reglament bo‘yicha, musobaqa uchrashuvlari 30 daqiqadan 2 taymga bo‘linib, umumiy holda 1 soat davom etadi.

Musobaqada “Augsburg”ni 2:1 hisobida va "Borussiya"ni 5:4 hisobida (asosiy vaqt 0:0) mag‘lub etgan “Gamburg” klubi g‘olib bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish