18:55 / 13.07.2015
3065

Ekstremal sport turlari ishqibozi 101 yoshida yangi rekord o‘rnatdi

Buyuk Britaniyada yashovchi xavfli sport turlariga qiziquvchi Doris Long ismli keksa ayol 101 yoshida yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.
Britaniyalik ayol abseyling bo‘yicha rekordni yangilashga muvaffaq bo‘ldi. U Portsmutdagi Spinaker minorasining tashqi tomonidan tushishni amalga oshirdi. Shu yo‘l bilan u mahalliy xospisga mablag‘ to‘pladi.
Long xonim 94 m masofani bosib o‘tdi. U rekordni o‘rnatayotgan paytda shamol esib, yomg‘ir yog‘ib turgani alohida ta'kidlandi.
Abseylingga Qo‘rqmas Doris 85 yoshidan qiziqa boshlagan. U o‘z rekordini 102 yoshda yana bir bor takrorlashini ma'lum qildi.

Top