01:23 / 13.07.2015
3029

Eron prezidenti mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga “oltilik” bilan kelishuv shartlarini topshirdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Eron yadroviy dasturi doirasida mamlakatning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunni imzoladi va Eron Tashqi ishlar vazirligi hamda atom energiyasi tashkilotiga (MAGATE) topshirdi. Bu haqda Tasnim News Agency ma'lum qilmoqda.

Qonun loyihasi Eron parlamenti tomonidan 23 iyun kuni ma'qullangan hamda unga 244 nafar parlament a'zosidan 213 nafari ovoz bergan.

Qonun matnida Eron xalqaro vositachilar oltiligi bilan kelishilgan shartlarni agar mamlakatga nisbatan kiritilgan sanksiyalar o‘sha kuniyoq olinadigan bo‘lsa qabul qilishi aytilgan.

Bundan tashqari, qonun matnida cheklovlar tinchlik yo‘lidagi yadroviy texnologiyalarga nisbatan amal qilmasligi ham aytib o‘tilgan.

Avvalroq Eron va xalqaro vositachilar oltiligi Eron yadroviy dasturi bo‘yicha aksariyat texnik savollar va ilovalar bo‘yicha kelishuvga erishganlari ma'lum bo‘lgandi.

Top