09:55 / 13.07.2015
2899

Filippinda mingdan ortiq maktab o‘quvchilari shirinlikdan zaharlandi

Filippin janubida maktab o‘quvchilari bo‘lgan mingdan ortiq bolalar konfetdan zaharlanishgan. Bu haqda mahalliy amaldorlarga asoslanib, The Huffington Post xabar tarqatgan.

OAVlarda yozilishicha, Surigo del-Sur viloyatidagi shifoxonaga kamida 1080 nafar maktab o‘quvchisi tashnalik, bosh aylanishi, qorin og‘rig‘i va qayd qilishdan aziyat chekayotganini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, bu bolalar darslar oralig‘idagi tanaffus vaqtida maktab hududida sotilayotgan mango mazali konfetlar sotib olishgan va iste'mol qilishgan.

Bu borada tekshiruvlar natijasida shirinlik ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullangan 7 kishi hibsga olingan. Hozircha ularga nisbatan ayblovlar qo‘yilmagan. Konfet namunalari ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborilgan va tahlil natijalari kutilmoqda.

Top