Sport | 19:54 / 13.07.2015
3549
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 o‘yinlari o‘tkaziladigan Sochidagi "Fisht" stadioni rekonstruksiyasi 2016 yilning yozida tugallanadi

2018 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari o‘tkaziladigan Sochidagi "Fisht" nomli o‘yingohning ta'mirlash ishlari 2016 yilning 30 iyun sanasida tugallanadi. Bu haqda Rossiya qurilish, arxitektura va yo‘l xo‘jaligi vaziri Valeriy Jukovga asoslanib, "Interfaks" xabar berdi.

"Jarayonning birinchi bosqichidagi ishlar yakunlangan. Bir oydan keyin stadion atrofida yangi manzara paydo bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi. O‘yingohda 40 ming tomoshabin sig‘imi uchun sharoit yaratiladi. Barcha sharoitlar FIFA talabidagidek bo‘ladi", deydi Jukov.

Uning ma'lum qilishicha, mutaxassislar ekspertizasi allaqachon tayyor bo‘lgan. Shu oyning oxirigacha loyihaning to‘liq ekspertizasi olinadi.

Ma'lumot uchun, ushbu stadionni JCh-2018 o‘yinlari uchun tayyorlash ishiga 3,5 mlrd dollar yo‘naltirilgan bo‘lib, shundan 700 mln dollarlik qismi qayta montajlash ishlari uchun ajratilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish