Jahon | 14:02 / 13.07.2015
7538
1 daqiqa o‘qiladi

Jirinovskiy Poroshenkodan unga “Roshen” fabrikasini berishni so‘radi

Rossiyalik siyosatchi, Liberal-demokratik partiya rahbari Vladimir Jirinovskiy Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga unga Lipetskda joylashgan “Roshen” qandolat fabrikasini berishni so‘radi. Davlat Dumasi deputatining aytishicha, bu holatda u Ukraina rahbariyatidan Kostopol shahridagi fabrikani qaytarishni talab qilmaydi.

“Poroshenkoga almashishni taklif qilaman. U menga Lipetskdagi zavodini beradi, men Kostopoldagi fabrikaga da'vo qilishni to‘xtataman”, – deb yozdi u Twitter’dagi mikroblogida.

Ilgariroq Jirinovskiy fabrikani “qaytarib olishi” haqida bir necha bor gapirgandi. Aytilishicha, fabrika uning bobosiga tegishli korxona o‘rnida qurilgan. Ikkinchi Jahon urushi yillarida korxona vayron etilib, uning negizida fabrika bunyod etilgan. Jirinovskiy Ukrainaning ilgarigi prezidentlaridan ham o‘ziga tegishli deb hisoblayotgan fabrikani qaytarishni talab qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish