Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kasilyasning onasi "Portu" sha'niga nomunosib so‘zlar aytgani uchun uzr so‘radi
Endilikda "Portu" jamoasining yangi darvozaboniga aylangan Iker Kasilyasning onasi Mari Karmen Fernandes bu jamoani Ispaniyaning uchinchi divizioni jamoasiga tenglashtirgani uchun uzr so‘radi.
"Men nohaq edim. "Portu"ga o‘g‘lim bilan shartnoma imzolagani uchun minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamannki, Iker bu jamoa safida yangi sovrinlarga ega chiqadi.
Ming martalab uzr so‘rayman. O‘g‘lim Portugaliyada ham o‘zini o‘z uyidagidek his qilishini tilayman", deydi Karmen xonim.
Biroz oldinroq, u o‘z o‘g‘lining "Real"dan boshqa kuchliroq jamoaga emas, jahon chempioniga munosib bo‘lmagan, Ispaniyaning uchinchi divizioni jamoalaridan farq qilmaydigan jamoaga yo‘l olganidan va uni shunga majbur qilgan "Real" jamoasi rahbariyatidan jahli chiqayotgani haqida intervyu bergandi.