17:53 / 13.07.2015
2825

"Nasaf" chililik hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun muzokara o‘tkazmoqda

Chili Premer Dvizioni vakili “Kobreloa” jamoasi futbolchisi ikkinchi davradan “ajdarlar” tarkibida to‘p surishi mumkin.

voha.uz saytida xabar qilinishicha, chililik futbolchi bilan dastlabki muzokaralar boshlab yuborilgan.

“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jamoa tarkibini ikkinchi davrada kuchaytirib, bosh sovrin uchun kurashish kerakligini bir necha bor ta'kidlagandi.

“Kabreloa” jamoasining aynan qaysi futbolchisi Qarshiga tashrif buyurayotganligini yaqin orada ma'lum bo‘lishi aytilgan.

Ma'lumot uchun, Chilining “Kobreloa” jamoasi Aleksis Sanchesni katta futbolga tarbiyalab bergan jamoa hisoblanadi.

Top