Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Kasilyas bilan xayrlashuv marosimi o‘tkaziladi
Ispan OAVlarida "Real" jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas va madridlik muxlislar o‘rtasida xayrlashuv marosimi o‘tkazilishi haqida xabar berildi.
Cadena Ser radiosida aytilishicha, Kasilyas ishtirokida o‘tkazilgan sovuqqina matbuot anjumanidan keyin u bilan "Santyago Bernabeu" o‘yingohida alohida xayrlashuv marosimi o‘tkazilishiga tayyorgarlik boshlangan.
Xabarda aytilishicha, jamoa prezidenti Florentino Peres Iker Kasilyasga telefon qilgan va uni "Santyago Bernabeu"ga yana bir kelishga taklif etgan.
Ma'lum qilinishicha, marosim 13 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi. Marosimdan keyin Iker Kasilyas Gollandiyada mavsumoldi tayyorgarligini o‘tkazayotgan yangi jamoasi "Portu" safiga borib qo‘shiladi.
Ushbu marosim "Real"ning rasmiy sayti orqali yoritilishi kutilmoqda. Ayni vaqtda Madriddagilar bu ma'lumotning tasdiqlanishini kutishmoqda.
O‘z navbatida, Marca nashri bu marosim stadionning VIP-lojasida o‘tkazilishi hamda minglab muxlislar tribunalarni to‘ldirib o‘tirishini kutish kerak emasligi haqida yozgan.