Olimpiya chempioni bo‘lgan sprinter va chang‘ichi o‘ziga xos musobaqa o‘tkazdi
Shveytsariyaning Yungfrauyox tog‘larida o‘ziga xos musobqa o‘tkazildi. Dengiz sathidan 3 454 m balandlikda yamaykalik mashhur sprinter, Olimpiya chempioni Asafa Pauell uch karra Olimpiya chempioni, chang‘ichi Dario Kolonya bilan 100 m masofada musobqa tashkil qildi.
“Kolonya bilan Shveytsariyaning qorga burkangan tog‘larida bahslashish qiziq bo‘ldi. Bu Yevropaning cho‘qqisi, o‘ziga xos hissiyotdir. Keyingi safar biz yo‘llarni almashamiz va men chang‘ilarni qo‘limga ko‘targancha yuguraman”, – dedi Pauell Instagramdagi sahifasida.
29 yoshli Dario Kolonya Vankuver (2010) va Sochidagi (2014) olimpiadalarda uchta oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shveytsariyalik sportchi, shuningdek, uch karra Jahon kubogini qo‘lga kiritgan.
O‘z navbatida, Asafa Pauell 2008 yilgi Pekin o‘yinlarida chempionlikni qo‘lga kiritgan.