Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston kasaba uyushmalari yilning eng yosh mutaxassislarini taqdirladi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi binosida “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” ko‘rik tanlovi Toshkent shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchilari O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” YoIH markaziy kengashi va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasidir.
Tanlovda turli muassasalarda ishlovchi yosh xodimlar “Eng faol yosh madaniyat xodimi”, “Eng faol yosh olim”, “Eng faol yosh tadbirkor”, “Eng faol yosh bank xodimi”, “Eng faol yosh shifokor” singari nominatsiyalarda bellashdilar. 1-2 bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar respublika bosqichiga yo‘l oldi.
“Toshkent oqshomi” gazetasining yozishicha, tadbirda tanlovning shahar bosqichi g‘oliblari va sovrindorlariga barcha hamkor tashkilotlar ishtirokida Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda diplomlar topshirildi. Shuningdek, kasaba uyushmalari faoliyatini matbuot va OAVda yoritishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh matbuot xodimlari ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.