17:23 / 13.07.2015
1881

O‘zbekiston TIVda Yaponiya TIV rahbari o‘rinbosari bilan Yaponiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi masalalari muhokama qilindi

2015 yilning 13 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Kentaro Sonourani qabul qildi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi siyosiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari hamda ba'zi mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.

Uchrashuvda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti shaklidagi hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi.

Suhbat chog‘ida o‘zaro hamkorlikni, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, investitsiya va kredit kelishuvlari hamda texnik yordam loyihalarini o‘z ichiga olgan yirik paket imzolangan O‘zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha komitetlarining 2015 yil 27 yanvar kuni Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishi yakunlari yuqori baholandi.

Turli darajagi bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarning amaliy masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Muzokaralarda Yaponiya elchisi Fumihiko Kato ishtirok etdi.

Top