Jahon | 19:47 / 13.07.2015
11951
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda jinoiy daromadlar legalizatsiyasiga qarshi yana 3ta idora kurashadigan bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 iyuldagi qarori bilan hukumatning jinoiy daromadlar legalizatsiyasiga qarshi kurash milliy tizimini yaratish bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Maxsus vakolatli davlat organi bilan birga noqonuniy daromadni legallashtirishga qarshi moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi qoshidagi qimmatbaho qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va muvofiqlashtirish markazi hamda xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi kurashadilar.
Tilga olingan vazirlik va idoralar ushbu tizim qoidalarini monitoring, nazorat qilish va tekshirish ishlarini amalga oshirib boradi. Qonunbuzarliklar qayd qilingan taqdirda ular qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda choralar ko‘rishga huquqli bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish