08:13 / 13.07.2015
16876

O‘zbekistonlik rejissyor pedofillarga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilishi kerakligini aytdi

O‘zbekistonlik rejissyor o‘lim jazosini tiklashni taklif qildi. Taniqli o‘zbekistonlik rejissyor Zulfiqor Musoqovning fikricha, O‘zbekistonda o‘lim jazosini tiklash kerak.

“To‘g‘ri tushuning, men qonxo‘rlikka chaqirmayapman, – dedi u “Adolat ko‘zgusi” gazetasiga bergan intervyusida. – Shaxsan mening fikrim, o‘lim jazosini kiritish kerak. Faqat bir shart bilan – agar jinoyat yuz foiz isbotlangan bo‘lsa. Xudo ko‘rsatmasin, begunohlarni, ayniqsa, yosh bolalarni o‘ldirgan odamni, pedofillarni kechirib bo‘ladimi? Ularni nafaqat o‘ldirish kerak, balki biz to‘layotgan soliq nega unga, uning ovqatiga sarflanishi, oddiy aytganda, nohaqlik ekanini odamlar ongiga singdirishimiz lozim”.
“Mana tasavvur qiling, – so‘zida davom etdi san'at arbobi. – mashinada odam urib yuborgan haydovchi o‘sha bechora qurbon bo‘lgan odamning yaqinlari uchun qotil, ularga o‘sha odam nimadan halok bo‘lgani baribir, butun boshli inson hayotdan ko‘z yumdi. Jinoyat kodeksida esa mashinada odamni urib yuborgani uchun 7 yil, ikkita odam bo‘lsa, uzog‘i bilan 10 yil berishadi... Bu adolatdanmi? Agar tezlikni oshirgan va undan battari, mast haydovchi uziga bu jinoyati uchun 25 yil berilishini bilsa, mashinani avaylabroq minadi”.

Top