Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Papa Frantsisk Lotin Amerikasi davlatlari bo‘ylab turnesini yakunladi
Rim papasi Frantsisk Lotin Amerikasining uchta davlatiga safarni o‘z ichiga olgan dasturni yakunladi. 78 yoshli pontifik bir hafta davomida qit'aning uchta eng kambag‘al davlati – Ekvador, Boliviya va Paragvayda bo‘ldi.
Aytilishicha, ushbu turne papaning eng uzoq muddatli xorijiy safari bo‘lgan.
Lotin Amerikasidan chiqqan birinchi papa, asli ismi Xorxe Mario Bergolo bo‘lgan Frantsiskning bu mintaqaga qaytishi ma'lum shovshuvga sabab bo‘ldi. U nafaqat katoliklar bilan muloqot qildi, balki o‘tmishda cherkov nomidan hindularga o‘tkazilgan zug‘um uchun uzr ham so‘radi.
Bundan tashqari, papa safarda qilgan chiqishlarida bir qator ijtimoiy va siyosiy xarakterdagi bayonotlarni berib o‘tdi. Jumladan, La-Pas kafedral soborida “moliyaviy spekulyatsiya birinchi o‘ringa chiqadigan siyosat va texnokratik utilitar modelga tayanadigan iqtisodiyot jamiyat to‘qnash kelayotgan muammolarni hal qila olmaydi” deb ta'kidlab o‘tdi.
Papa Boliviyani “toza va ajoyib yer” deb atadi, “tarixini ekspluatatsiya, ochko‘zlik, egoizmning ko‘plab shakllari va turli oqimlar qora dog‘larga burkagan ushbu davlat” butun Lotin Amerikasiga namuna bo‘la olishi va integratsiya payti kelishini ta'kidlab o‘tdi.
12 iyul kuni papa Asunsonning chekkasidagi Banado Norte kambag‘allar mahallasiga borib, "Nu Guasu" bog‘ida messa marosimini amalga oshirdi.